
- 0
- 04.05.2026 17:25:00
- 1 мин оқу
Qozogʻistonning Ulan tumanida 3-may kuni oʻrmon yongʻini sodir boʻldi. Qayd etilishicha, yongʻin Primor oʻrmon xoʻjaligi hududida Buhtarma suv omboridagi Ayuda darasi atrofida sodir boʻlgan.
Mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, yongʻinni oʻchirish jarayoni togʻli hudud va kuchli shamol tufayli murakkablashgan. Yongʻinni bartaraf etish uchun voqea joyiga qutqaruv vertolyoti yuborilgan va u yetti marta jami yigirma bir tonna suv sepgan.
Hozircha ochiq yongʻin oʻchoqlari qayd etilmagan. Hodisa joyida oʻrmon xoʻjaligi hodimlari va Qozogiston favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari ishlamoqda.