
- 1
- 17.09.2026 17:03:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva 16-sentabr kuni Seuldagi “Chong Va De” qarorgohida Koreya va Qirg‘iziston Birinchi xonimlari bilan birgalikda madaniy dasturda ishtirok etdi.
Tadbir “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatidagi birinchi sammit doirasida tashkil etildi.
Dastur davomida Birinchi xonimlar an’anaviy choy marosimida qatnashib, milliy an’analarni asrash va madaniy aloqalarni rivojlantirish haqida fikr almashdi. Shuningdek, ular koreys an’anaviy raqslari va musiqalari namoyish etilgan konsert dasturini tomosha qildi.