Navoiyda 6 oylik o‘g‘lini o‘ldirgan ota 15 yilga qamaldi

Navoiyda 6 oylik o‘g‘lini o‘ldirgan ota 15 yilga qamaldi
  • 0
  • 27.06.2026 17:32:00
  • 1 мин оқу

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida o‘zining 6 oylik o‘g‘lini o‘ldirgan ota 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sud materiallariga ko‘ra, erkak dam olish maqsadida xonasiga kirganida chaqaloqning yig‘laganidan jahli chiqib, uning og‘ziga paypoq tiqqan va kuch bilan silkitgan. Oqibatda bolaning boshi divanga urilib, og‘ir tan jarohati olgan. Chaqaloq shifoxonaga olib borilganiga qaramay, bir necha kun o‘tib vafot etgan. Hodisa joriy yil yanvar oyida sodir bo‘lgan.
Sud erkakni ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirishda aybdor deb topib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News