
- 0
- 28.07.2026 17:39:00
- 1 мин оқу
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘i 9 yoshli qizini jazolash maqsadida tezakni majburan og‘ziga solganini ma’lum qildi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ota ushbu holatni o‘zi videoga olgan.
Ma’lum qilinishicha, qiz xonadan qochib chiqqanidan so‘ng ham ota uni qayta olib kirib, tezakni og‘ziga solgan. Shuningdek, 7 yoshli singlisiga qaynoq suv olib kelishni buyurib, uni opasining og‘ziga quydirgan.
Ona ushbu holat yuzasidan mart oyida Qumqo‘rg‘on tuman IIBga videodalillar bilan murojaat qilganini, biroq hozirgacha otaga nisbatan chora ko‘rilmaganini aytmoqda. Uning ta’kidlashicha, voqeadan keyin qiz bir necha hafta ovqat yeyolmagan va davolanishga muhtoj bo‘lgan.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani voqeani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan o‘rganib, tegishli choralar ko‘rilishini talab qilishini bildirgan.