Anomal issiq sabab ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha cheklanadi

Anomal issiq sabab ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha cheklanadi
  • 0
  • 17.07.2026 16:31:00
  • 1 мин оқу

Energetika vazirligi anomal issiq tufayli elektr energiyasi iste’moli keskin oshgani sabab ayrim hududlarda elektr ta’minoti 2 soatgacha vaqtincha cheklanishi mumkinligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 16-iyul kuni O‘zbekistonning yagona energetika tizimida sutkalik elektr iste’moli 291 mln kVt/soatni tashkil etib, yoz mavsumi uchun rekord ko‘rsatkich qayd etilgan. Yuqori harorat elektr uzatish tarmoqlari va uskunalarga ortiqcha yuklama tushirayotgani sababli yirik avariyalarning oldini olish maqsadida qisqa muddatli cheklovlar joriy etilmoqda.
Hozircha Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Toshkent viloyatlarining ayrim hududlarida iste’molchilarning bir qismi vaqtincha elektr ta’minotisiz qolgan.
Vazirlik fuqarolarni jazirama kunlarda elektr energiyasidan tejamkor foydalanishga hamda zarurat bo‘lmasa, quvvati yuqori elektr jihozlarini ishlatishni cheklashga chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News