
- 2
- 15.05.2026 18:25:00
- 1 мин оқу
Samarqand viloyatidagi Oqbo‘yra turizm qishlog‘ida olib borilgan portlatish ishlari yuzasidan Turizm qo‘mitasi viloyat hokimligi bilan muhokama o‘tkazib, portlatish ishlari kelgusida aholiga oldindan ogohlantirish berilgan holda va aniq vaqt belgilab amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi. Bu haqda Turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda CASIAUZ muxbiri.
Kun.uz tayyorlagan reportajda portlashlar oqibatida aholi uylariga zarar yetgani, bolalar va fuqarolar qo‘rquvga tushgani aks etgan. Ayrim xonadonlarda tom va devorlarga toshlar tushgani ham qayd etilgan. Portlatish ishlari “Mironqul-III” konida maxsus ruxsatnoma asosida olib borilgan. Biroq o‘rganishlarda ayrim tosh parchalari belgilangan xavfsiz masofadan tashqariga uchib ketgani aniqlangan.
Vazirlik zarar ko‘rilgan holatlarda kompensatsiya to‘langanini va kelgusida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, ogohlantirish tizimini joriy etish hamda portlatish hajmini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangani ma’lum qilindi.