
- 5
- 15.05.2026 16:51:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistonda 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Elektr energiyasi uchun I va II guruh iste’molchilari hamda IV guruh uchun 1 kVt soat narxi 1 100 so‘m etib belgilandi. III guruh, jumladan aholi uchun esa tabaqalashtirilgan tariflar saqlab qolindi:
— 200 kVt soatgacha — 650 so‘m
— 201–500 kVt soat — 900 so‘m
— 501–1000 kVt soat — 1 100 so‘m
Maxsus toifadagi iste’molchilar uchun esa narxlar quyidagicha:
— 200 kVt soatgacha — 325 so‘m
— 201–500 kVt soat — 450 so‘m
— 501–1000 kVt soat — 550 so‘m
Tabiiy gaz bo‘yicha barcha iste’molchilar uchun (alohida toifalardan tashqari) 1 kub metr narx 2 000 so‘m etib belgilandi. Aholi uchun isitish mavsumida 500 kub metrgacha, boshqa mavsumda 100 kub metrgacha iste’mol uchun 1 kub metr gaz 1 100 so‘m bo‘ladi. Avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun esa 1 kub metr gaz narxi 2 750 so‘m etib belgilangan.