
- 14
- 17.10.2026 13:31:00
- 1 мин оқу
Hindistonda 16 yoshli o‘smirning qovog‘idan tish o‘sib chiqdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘smir dastlab chap yuqori qovog‘ida og‘riqsiz shish paydo bo‘lganini sezgan. Oradan vaqt o‘tib, qovoq va qosh orasidagi teridan ikkita qattiq, oq va o‘tkir uchli o‘simta chiqa boshlagan. Ko‘z kasalxonasi mutaxassislari kompyuter tomografiyasi yordamida o‘simtani tekshirib, uning tish ekanligini aniqlagan va uni jarrohlik amaliyoti bilan olib tashlagan.
Tekshiruvlarda mutaxassislar bu holatni ektopik tish, ya’ni odatdagi joyidan tashqarida rivojlangan tish deb baholagan. Mazkur noodatiy tibbiy holat oftalmologlar tomonidan “Ophthalmology” jurnalida e’lon qilingan.