
- 0
- 23.04.2026 18:09:00
- 1 мин оқу
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi maktablardan birida direktor o‘quvchi qizga shahvoniy mazmunda xabar yuborgani uchun qamaldi.
Sudda u aybini tan olib, bu ishni “tarbiya maqsadida qilganini” aytgan va pushaymonligini bildirgan. O‘quvchining qonuniy vakili esa direktor lavozimiga loyiq emasligini ta’kidlab, unga og‘irroq jazo berishni so‘ragan.
Sud qaroriga ko‘ra, 39 yoshli direktorga 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.