Turkiyada o‘zbekistonlik kelin tillalarni olib qochdimi yoki tuhmatga uchradimi?

Turkiyada o‘zbekistonlik kelin tillalarni olib qochdimi yoki tuhmatga uchradimi?
  • 2
  • 07.09.2026 15:41:00
  • 1 мин оқу

Avvalroq Turkiyada o‘zbekistonlik kelin to‘ydan keyin tilla buyumlarni olib qochib ketganlikda ayblanayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘lmoqda.
Kelin esa to‘ydan keyin qochmagani va tuhmatga uchraganini, tillalarni qaynotasi olganini bildirgan. Uning yaqinlari buni isbotlovchi yozishmalarni ham ijtimoiy tarmoqlarda ulashib, haqiqat uchun kurashmoqda.
Aslida kelinni to‘ydan keyin oilaning o‘zi quvib yuborgani va ortidan tuhmat qilgani ma’lum qilingan. Holat yuzasidan tekshiruv davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News