Talabani imtihondan o‘tkazib berish uchun pul so‘ragan dekan o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Talabani imtihondan o‘tkazib berish uchun pul so‘ragan dekan o‘rinbosari qo‘lga tushdi
  • 0
  • 24.07.2026 15:27:00
  • 1 мин оқу

Jizzax davlat pedagogika universiteti dekani o‘rinbosari talabani yakuniy davlat imtihonidan o‘tkazib berish evaziga 500 AQSH dollari talab qilgani uchun qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, u talabaga imtihonga tayyorlanishga hojat yo‘qligini, masalani o‘zi hal qilib berishini aytib, buning evaziga 500 dollar so‘ragan.
Talabaning murojaatidan so‘ng o‘tkazilgan tezkor tadbirda dekan o‘rinbosari kelishilgan pulning bir qismi — 2 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News