
- 1
- 01.03.2026 12:57:00
- 1 мин оқу
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy 28-fevral kuni mamlakatga qilingan hujumlar oqibatida halok bo‘ldi. Bu ma’lumotni Eron davlat televideniyesi tasdiqladi.
Mamlakatda 40 kunlik milliy motam va bir haftalik ta’til e’lon qilingan. Hujumlar oqibatida Xomanaiyning oila a’zolari ham halok bo‘lgani aytilmoqda.
Dastlab uning o‘limi haqida Isroil OAV xabar tarqatgan, Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi esa bu ma’lumotni rad etgandi. Keyinchalik Reuters Isroil rasmiysiga tayanib, xabar bergan. AQSH prezidenti Donald Tramp ham mazkur ma’lumotni tasdiqlagandi.
86 yoshli Ali Xomanaiy 1989-yildan buyon Eronni boshqarib kelayotgan edi. U oliy rahbar sifatida davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari ustidan eng yuqori vakolatlarga ega bo‘lgan.
28-fevral kuni Isroil va AQSH tomonidan Eronga hujumlar boshlangan, bunga javoban Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalari va Isroil hududiga raketa zarbalari bermoqda.