500 ming dollar omonat pulini o‘zlashtirgan bank xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

500 ming dollar omonat pulini o‘zlashtirgan bank xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
  • 0
  • 14.05.2026 10:36:00
  • 1 мин оқу

Toshkentda tijorat bankining mas’ul xodimlari mijozning 500 ming AQSH dollari miqdoridagi omonat pulini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda bank xodimlari fuqaro I.M.ning omonat mablag‘larini soxta hujjatlar asosida olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News