
- 0
- 28.04.2026 11:17:00
- 1 мин оқу
Navoiy shahridagi 4-sonli jazoni ijro etish muassasasida TOPIK 6 darajasiga ega mahkum boshqa mahkumlarga koreys tilidan dars bermoqda.
U 2022-yilda Janubiy Koreyadagi Chonbuk Milliy universitetini tamomlagan va hozirda 50 nafarga yaqin mahkumni o‘qityapti. Ayrim o‘quvchilar qisqa vaqt ichida TOPIK 2–3 darajaga yetib, imtihon topshira oladigan bosqichga chiqqan. Mazkur tashabbus “Ikkinchi imkon” loyihasi doirasida yo‘lga qo‘yilgan.
Avvalroq IELTS 8,5 ballga ega mahkum ingliz tilidan dars beryotgani xabar qilingandi. Shuningdek, bu muassasada IT va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kurslar tashkil etilgan.