
- 2
- 17.08.2026 13:44:00
- 1 мин оқу
Belgiyaning Dendermonde shahri yaqinida kanalizatsiya ishlari olib borayotgan quruvchilar eski bino yerto‘lasining devor orasidan qariyb 9 million yevrolik oltin xazina topdi.
Xazinani yozgi ta’til paytida qurilishda ishlayotgan 18 yoshli talaba tasodifan aniqlagan. Dastlab u yaltiroq tangalarni oddiy pul deb o‘ylagan. Keyinchalik devor orasidan 49 ta oltin quyma va minglab tangalar topilgan.
Ayrim quymalarda 1957–1961-yillarga oid belgilar aniqlangan. Bino avval mahalliy pivo ishlab chiqaruvchi Van Assche oilasiga tegishli bo‘lgan. Shu sabab xazina ushbu oilaga aloqador bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Topilgan oltinlar politsiyaga topshirilgan. Hozir xazinaning kelib chiqishi va qonuniy egasi aniqlanmoqda.