Sirkda yo‘lbars tomoshabinlar tomon sakradi

Sirkda yo‘lbars tomoshabinlar tomon sakradi
  • 0
  • 20.04.2026 17:41:00
  • 1 мин оқу

Rossiyaning Rostov-Don shahrida sirk tomoshasi vaqtida yo‘lbars to‘siq to‘rining qulashidan cho‘chib, tomoshabinlar tomon o‘tib ketgan. Biroq u hech kimga hujum qilmagan, jabrlanganlar yo‘q.
Arenada uchta yo‘lbars bo‘lgan: ikkitasi darhol qafasga qaytarilgan, yana biri esa qisqa vaqt tomoshabinlar orasida yurganidan so‘ng ushlab olingan.
Holat yuzasidan tergov boshqarmasi tekshiruv boshladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News