
- 0
- 26.02.2026 11:39:00
- 1 мин оқу
AQSHning Nebraska shtatida avtomobillar qizil chiroqda to‘xtagan paytda yer o‘pirilib, ikki mashina chuqurga tushib ketdi. Ularning ortidagi boshqa avtomobillar esa hodisadan arang qutulib qolgan. Voqeadan so‘ng yaqin atrofdagi fuqarolar haydovchilarga yordamga shoshilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.