
- 0
- 11.03.2026 12:20:00
- 1 мин оқу
Shveysariyaning g‘arbiy qismidagi Kerzers shahrida 10-mart kuni avtobus yonib ketdi. Yong‘in natijasida kamida 6 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohat olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga avtobusdagi shaxs tomonidan qasddan qilingan harakat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.