Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi
  • 0
  • 11.09.2026 14:18:00
  • 1 мин оқу

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Hodisa 11-sentabr kuni ertalab M-39 avtomobil yo‘lida yuz bergan. Toshkent–Samarqand yo‘nalishida harakatlangan Yutong avtobusi belgilangan joydan qayrilayotganida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Avtobusni 44 yoshli, yuk mashinasini esa 43 yoshli haydovchi boshqargan. YTH oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Ayrim yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News