
- 0
- 15.06.2026 10:29:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistonda pora olish, pora berish va pora olishda vositachilik qilganlik uchun sudlangan shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish taqiqlanishi kutilmoqda.
Senat tomonidan ma’qullangan yangi qonunga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar alohida toifa sifatida belgilandi hamda ular uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Shuningdek, mansab mavqeidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik uchun jazo og‘irlashtirilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi nazarda tutilgan.
Qonun korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirish va jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan.