Braziliya maktabida otishma: 13 yoshli o‘smir ikki kishini o‘ldirdi

Braziliya maktabida otishma: 13 yoshli o‘smir ikki kishini o‘ldirdi
  • 0
  • 06.05.2026 17:49:00
  • 1 мин оқу

Braziliyaning shimoliy qismidagi Akri shtatidagi maktabda otishma sodir bo‘ldi. 13 yoshli o‘smir direktor xonasiga olib boruvchi yo‘lakda bir necha marta o‘q uzgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir necha odam, jumladan 11 yoshli qiz jarohat olgan. Hujumdan so‘ng o‘smir politsiyaga taslim bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, u 380 kalibrli to‘pponchadan foydalangan. Qurol egasi bo‘lgan o‘gay otasi ham hibsga olingan.

So‘nggi yillarda ta’lim muassasalariga hujumlar soni ortib bormoqda. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunga oilaviy muammolar, psixologik stress, ijtimoiy tarmoqlardagi zo‘ravon kontent hamda nazorat va tarbiyaning sustligi sabab bo‘lmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News