
- 0
- 29.07.2026 18:58:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bir yigit mushuk bolasini baland devordan oshirib, chuqur kotlovan joylashgan qurilish maydoniga uloqtirayotgani aks etgan.
Bu qilmish ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yigitni topib, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.