Aholining bank kreditlari rekord darajada oshdi

Aholining bank kreditlari rekord darajada oshdi
  • 1
  • 12.06.2026 15:54:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekistonda aholining bank kreditlari so‘nggi yillarda tez sur’atlarda oshib bormoqda. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatida aholining banklardan olgan umumiy qarzi 230,8 trillion so‘mga yetgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 21,2 foizga, ya’ni 40,3 trillion so‘mga ko‘p.
Umumiy kreditlar hajmi 629 trillion so‘mni tashkil etib, uning katta qismi aholi va tadbirkorlarga berilgan. Aholi kreditlarining asosiy qismi ipoteka kreditlariga to‘g‘ri keladi — 83,9 trillion so‘m. Shuningdek, mikroqarzlar 50,1 trillion so‘m, mikrokreditlar 44,3 trillion so‘m, avtokreditlar 39,6 trillion so‘mni tashkil etgan. Ta’lim kreditlari esa 6,9 trillion so‘m bo‘lib, deyarli o‘zgarmagan.
Hududlar kesimida eng katta kredit miqdori Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 290 trillion so‘m. Bu mamlakat bo‘yicha umumiy kreditlarning deyarli yarmiga teng.
Umuman olganda, so‘nggi 6 yilda aholining bank kreditlari 5 barobardan ko‘proqqa oshgani qayd etilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News