
- 0
- 28.04.2026 11:39:00
- 1 мин оқу
27-aprel kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qildi.
Aroqchi muzokaralar davomida Eron va AQSH o‘rtasidagi jarayon nega sekin kechayotganiga ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, bunga AQSHning pozitsiyasini tez-tez o‘zgartirishi, asossiz talablar qo‘yishi, tahdidli bayonotlar va majburiyatlarga amal qilmasligi sabab bo‘lmoqda.