
- 0
- 05.05.2026 10:35:00
- 1 мин оқу
Hindistonning Kerala shtatida marosim uchun olib kelingan fil zanjirni uzib, uni olib kelgan haydovchini bosib o‘ldirdi va yana bir kishini jarohatladi. U yo‘ldagi avtomobil va skuterga ham hujum qilgan.
Fil uzoq vaqt davomida halok bo‘lgan odam yonida qolib, yaqinlashganlarga hujum qilishga uringan va tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qilgan. Uni tinchlantirish uchun ikki soat vaqt ketgan va oxir-oqibat tinchlantiruvchi dori qo‘llanilib, bog‘lab qo‘yilgan.