Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi
  • 0
  • 08.08.2026 18:12:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor, kinoaktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev 86 yoshida vafot etdi.

Abdumannon Ubaydullayev tomoshabinlarga “Vatan”, “Omad”, “So‘nggi lahza”, “Hijron”, “Nazar”, “Yigit yig‘lamasin”, “Aldangan ko‘ngil” va “Mehr” kabi filmlar hamda teleseriallardagi rollari orqali tanilgan. U uzoq yillar davomida rejissyor, ilmiy xodim va pedagog sifatida faoliyat yuritgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarga saboq bergan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News