Abduqodir Husanov jabrlangan operatorga imzosi tushirilgan futbolka sovg‘a qildi

Abduqodir Husanov jabrlangan operatorga imzosi tushirilgan futbolka sovg‘a qildi
  • 5
  • 19.06.2026 10:24:00
  • 1 мин оқу

Kolumbiyaga qarshi o‘yinda translyatsiya operatori bilan to‘qnashib ketgan Abduqodir Husanov operatorning holidan xabar oldi va unga uzr so‘rab, imzosi tushirilgan maxsus futbolkani sovg‘a qildi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qilishicha, himoyachi operatorga tezroq sog‘ayib ketishini tilab, samimiy tilaklarini ham yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Kolumbiya o‘rtasidagi uchrashuv 18-iyun kuni Mexikodagi “Atsteka” stadionida bo‘lib o‘tdi va unda Kolumbiya 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News