Dunyoda vaqtni hisoblashning yangi tizimi joriy etilishi mumkin

Dunyoda vaqtni hisoblashning yangi tizimi joriy etilishi mumkin
  • 12
  • 16.10.2026 14:39:00
  • 1 мин оқу

Dunyoning 69 davlati vakillari vaqtni hisoblashda qo‘llanadigan kabisa soniyasi o‘rniga “kabisa soati” tizimiga o‘tishga kelishdi. Yangi tizimni 2027-yildan joriy etish rejalashtirilmoqda.

Hozirda Yerning aylanish tezligidagi o‘zgarishlarni hisobga olish uchun muvofiqlashtirilgan universal vaqtga (UTC) zarurat tug‘ilganda bir soniya qo‘shiladi. Biroq, bu amaliyot kompyuterlar, aloqa tarmoqlari, sun’iy yo‘ldoshlar va elektr tizimlarida texnik nosozliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, 2012-yilda kabisa soniyasi qo‘shilganida ayrim kompyuter tizimlarida uzilishlar yuz bergan. Reddit va LinkedIn platformalarida nosozliklar kuzatilgan, Qantas aviakompaniyasi reyslari esa kechikkan.

Olimlarning ta’kidlashicha, Yerning aylanish tezligi suyuq yadro, okeanlar va atmosfera jarayonlari ta’sirida o‘zgarib turadi. Shu bois vaqtni moslashtirish uchun bir soniyani olib tashlash zarurati ham yuzaga kelishi mumkin. Yangi tizim vaqtni Yerning aylanishiga moslashtirishdagi kichik tuzatishlarni kamaytirishga qaratilgan. Unga ko‘ra, universal vaqt va astronomik vaqt o‘rtasidagi farq bir soatgacha yetishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunday katta tuzatishga ehtiyoj esa minglab yillardan keyin paydo bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 1972-yildan buyon universal vaqtni Yerning aylanishiga moslashtirish maqsadida 27 marta kabisa soniyasi qo‘shilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News