Farg‘ona vodiysi hududlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

  Farg‘ona vodiysi hududlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
  • 1
  • 27.04.2026 16:28:00
  • 1 мин оқу

 Joriy yilning 27- aprel kuni   Shavkat Mirziyoyev Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodida ishlab chiqarilgan yangi elektopoyezd bilan Qo‘qon shahridan Marg‘ilonga keldi.

Farg‘ona vodiysida Qo‘qon, Namangan, Andijon va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi mazkur elektropoyezd yo‘l halqasining uzunligi 324 km bo‘lib, olti vagondan iborat. Poyezd 586 o‘ringa mo‘ljallangan va soatiga 120 kilometr tezlikgacha chiqa oladi. Poyezdning kuniga 1,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. Jumladan, vagonlarda iqlim nazorati tizimi va konditsionerlar o‘rnatilgan bo‘lib, bepul Wi-Fi, gadjetlar uchun USB-portlar mavjud. Uning chipta narxi esa, 15 ming so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, mahalliy aholi uchun qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida, poyezd bekatlari atrofida xizmat ko‘satish shoxobchalari, mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish maskanlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News