
- 0
- 29.07.2026 15:52:00
- 1 мин оқу
Chen ismli erkak tungi parvoz oldidan yo‘lovchilarning qulayligini o‘ylab, o‘ziga xos tashabbus ko‘rsatdi. U samolyotda kichkina farzandi yig‘lab qolishi mumkinligini hisobga olib, qo‘shni yo‘lovchilar uchun 100 juft quloq tiqini (shovqinni kamaytiruvchi vosita) sotib oldi.
Yosh ota bu orqali parvoz boshlanishidan oldin yo‘lovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulaylik uchun uzr so‘ramoqchi bo‘ldi.
Uning samimiy harakati yo‘lovchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik Chenga e'tibori va odobi uchun minnatdorchilik bildirib, quloq tiqinlarini olishdan bosh tortdi. Ular chaqaloq yig‘lashi tabiiy holat ekanini va bundan bezovta bo‘lmasliklarini aytishdi.