Toshkentda 86 yoshli ayol uyida qulflanib, qarovsiz qolib ketdi

Toshkentda 86 yoshli ayol uyida qulflanib, qarovsiz qolib ketdi
  • 0
  • 31.07.2026 18:54:00
  • 1 мин оқу

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 86 yoshli ayol o‘z uyida ustidan qulflangan holda qarovsiz qoldirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda eshikni ochish xizmati xodimi manzilga yetib borib, eshikni ochganida onaxonning qarovsiz holati aks etgan videosi keng tarqalgan. Ayol uning ustidan qulflab ketishganini va bir necha kundan beri ovqatlanmaganini aytgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi holat nazoratga olinganini bildirib, ayolning ijtimoiy holati va ehtiyojlari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, ayolga tegishli xonadon 2025-yil sentyabr oyida oldi-sotdi shartnomasi asosida boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News