Andijonda 4 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi

Andijonda 4 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi
  • 1
  • 09.06.2026 14:29:00
  • 1 мин оқу

Andijon viloyatida bir oilada 4 nafar egizak farzand dunyoga keldi. Holat Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida qayd etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon shahridagi “G‘ayrat” mahallasida yashovchi Odinaxon Muhammadjonova 2-iyun kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ayolda, muddatidan oldin tug‘uruq boshlangani sababli shifokorlar tomonidan kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan.

Tug‘uruq jarayoni akusher-ginekologlar, neonatologlar va reanimatologlar ishtirokida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Dunyoga kelgan chaqaloqlarning uch nafari o‘g‘il, biri esa qiz bo‘lib, hozirda ona va chaqaloqlarning salomatligi yaxshi ekanligi ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News