Andijonda oqova suv bunkerini tozalash chog‘ida 4 nafar xodim halok bo‘ldi

Andijonda oqova suv bunkerini tozalash chog‘ida 4 nafar xodim halok bo‘ldi
  • 2
  • 11.06.2026 18:41:00
  • 1 мин оқу

10-iyun kuni Andijon viloyati Marhamat tumanidagi markaziy poliklinika hududida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar xodim vafot etdi.
Dastlab 57 yoshli santexnik oqova va chiqindi suvlar to‘planadigan bunkerni tozalash vaqtida gazdan zaharlangan. Uni qutqarish uchun bunker ichiga tushgan qorovul, elektrik va chiqindi tashuvchi mashina haydovchisi ham zaharlanib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari marhumlarning jasadlarini bunker ichidan olib chiqqan. Xodimlar zaharlanib, oqova suyuqlik ichiga tushib ketgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzishga oid moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News