
- 0
- 20.07.2026 14:03:00
- 1 мин оқу
2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsida Angliya Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etdi va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Angliya safida Bukayo Saka xet-trik qayd etdi, Deklan Rays, Ezri Konsa va Jud Bellingem bittadan gol urdi. Fransiya tarkibida Kilian Mbappe dubl muallifiga aylandi, Bredli Barkolya va Usmon Dembele ham bittadan gol kiritdi.
Mbappe ushbu turnirdagi 10-golini urib, 2026-yilgi mundialning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Shuningdek, u Jahon chempionatlari tarixidagi 22-golini urib, bu borada Lionel Messini (21 gol) ortda qoldirdi. Shu tariqa, Angliya o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi. Finalda esa Argentina va Ispaniya terma jamoalari chempionlik uchun bahs olib boradi.