
- 0
- 16.05.2026 11:31:00
- 1 мин оқу
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida motosikl ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 14-may kuni Amir Temur ko‘chasida yuz bergan.
2003-yilda tug‘ilgan haydovchi motosiklda harakatlanayotgan vaqtda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 2011-yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda qizning og‘ir ahvolda ekani va ikki oyog‘idan ayrilgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq rasmiy idora bunga aniqlik kiritmagan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.