
- 0
- 07.03.2026 15:46:00
- 1 мин оқу
Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniyga ko‘ra, AQSH va Isroil zarbalari oqibatida mamlakatda kamida 1 332 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan. Ma’lumotlar Eron Qizil Yarim Oy jamiyatining hisobotiga asoslangan. Qurbonlar orasida 180 dan ortiq bola bor, minglab odamlar jarohatlangan. Shuningdek, 20 dan ortiq maktab zarar ko‘rgan.
28-fevral kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlanganini e’lon qildi. Isroil esa Tehrondagi bir qator obyektlarga zarba berdi. Eron bunga javoban Isroil tomon 30 ga yaqin ballistik raketa uchirgan hamda AQSHning harbiy bazalariga zarba bergan. Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, AQSHning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi kamida 100 kun davom etishi mumkin.