• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Zoyir Mirzayev Chirchiq shahrini obodonlashtirish uchun 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratdi

Zoyir Mirzayev Chirchiq shahrini obodonlashtirish uchun 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratdi
  • 3
  • 21.06.2023 08:21:00

Zoyir Mirzayev Chirchiq shahrini obodonlashtirish uchun 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Chirchiq shahri markazining obodligi uchun  1 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ ajratish bo‘yicha hujjatni imzoladi.

Unga ko‘ra, ushbu mablag‘ viloyat mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi hisobidan Chirchiq shahri A.Navoiy shoh ko‘chasidan o‘tuvchi, 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo‘li bo‘ylab olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, yo‘ldagi eskirgan tungi yoritish chiroqlar tizimini rekonstruksiya qilish, zamonaviy yoritish chiroqlari va illyuminatsiya vositalarini o‘rnatish hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 1 mlrd 500 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Manba: xabardor.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News