Ziroat Mirziyoyeva Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida qatnaşdi

Ziroat Mirziyoyeva Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida qatnaşdi
  • 3
  • 31.10.2026 10:56:00
  • 1 daq o'qish

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqara şahrida Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etdi. TDTning 13-sammiti doirasida taşkil etilgan yiğilişda turkiy davlatlar örtasida oila institutini mustahkamlaş, xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş va ularning imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Ziroat Mirziyoyeva öz nutqida qizlarning zamonaviy taʼlim olişi uçun imkoniyatlarni kengaytiriş, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş hamda ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş böyiça taşabbuslarni ilgari surdi. Şuningdek, inklyuziv taʼlimni rivojlantiriş va bolalar hamda ösmirlar uçun xavfsiz internet muhitini yaratiş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Birinçi xonimning taʼkidlaşiça, ayollarning bilimi va mehnati qadrlanadigan, oilada özaro hurmat va hamjihatlik qaror topgan muhit butun jamiyatni mustahkamlaydi. Yiğiliş yakunida Ziroat Mirziyoyeva tadbirni taşkil etgani uçun Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdoğanga minnatdorlik bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News