
- 0
- 16.02.2026 10:04:00
- 1 daq o'qish
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida jurnalistlar savollariga javob berib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida: “Uning vaqti ko‘p emas”, dedi.
Shuningdek, Zelenskiy Trampni urushni tezroq yakunlash uchun Putinga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, buning uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlari, urushdan keyingi tiklanish bo‘yicha kelishuv va Rossiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri bosim zarur.