
- 0
- 06.05.2026 10:27:00
- 1 daq o'qish
AQSHning Brayton Bichdagi Oceana teatri Yulduz Usmonovaning 9-may kuni Bruklinda bo‘lishi rejalashtirilgan konserti bekor qilinganini ma’lum qildi.
Avvalroq ayrim yahudiy faollar va siyosatchilar xonandaning 2021-yilda Isroil–Falastin mojarosi bo‘yicha bildirgan fikrlariga norozilik bildirib, uning konsertini bekor qilishni talab qilgan edi. Ular Usmonovani antisemitizmga oid bayonotlarda ayblab, konsertga qarshi kampaniya boshlagan.
Faollar xonandadan uzr so‘rashni talab qilgan, biroq Yulduz Usmonova kechirim so‘rashdan bosh tortib, o‘z pozitsiyasida qolganini bildirgan. Keyinroq esa konsert bekor qilingani ma’lum qilindi.