
- 4
- 16.10.2024 18:15:00
Yoshlarga "Qobiliyat eshigi"ni qoqish taklif etilmoqda
Turkiyaning yetakchi kompaniyalari o‘zbekistonlik yoshlarni TALENTforBIZ xalqaro karyera tadbirida kutmoqda!
O‘zbekistonda to‘rtinchi marta o‘tkaziladigan tadbir 19-oktabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Turkiyaning eng yirik global brendlari ishtirokida o‘tkaziladi.
O‘zbekistonlik talaba va bitiruvchilar tadbir davomida o‘tkaziladigan seminarlar, amaliy tadqiqotlar va ish/stajirovka suhbatlari orqali professional darajada o‘sish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari mumkin.
Tajribali menejerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish va bo‘sh ish o‘rinlarini o‘rganish uchun talentforbiz.org orqali ro‘yxatdan o‘ting va arizangizni yuboring.
Manzil va sana: 19-oktabr (09:00-17:00) – Hyatt Regency Tashkent





