Toshkentda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan yigit qutqarib qolindi

Toshkentda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan yigit qutqarib qolindi
  • 0
  • 04.07.2026 18:20:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentning Uchtepa tumanida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan yigit patrul-post xizmati xodimi va IIV Akademiyasi kursanti tomonidan qutqarib qolindi.

Hodisa 2-iyul kuni yoshlar festivali vaqtida sodir bo‘lgan. Ichki ishlar xodimlari kanal tomondan kelgan shovqinni eshitib, voqea joyiga yetib borishgan va yigitni suvdan olib chiqishgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, shifoxonaga olib ketilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yigit internetdagi qimor (azartli) o‘yinlarda katta miqdorda pul yo‘qotgani sababli o‘z joniga qasd qilishga uringan. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News