
- 2
- 23.11.2026 11:42:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Shanxay shahrida 21-noyabr kuni CR7 muzeyi ochilishi munosabati bilan Krishtianu Ronalduning 7 metrlik haykali namoyish etildi. Haykal muzey binosi oldida, Sharqiy Nankin ko‘chasida o‘rnatilgan.
Unda Ronaldu Portugaliya terma jamoasining 7-raqamli libosida, gol urganidan keyin qo‘llarini ikki tomonga yozib, o‘ziga xos “Siuuu” uslubida quvonayotgan holatda tasvirlangan. Haykalning balandligi ham futbolchining libos raqamiga mos tanlangan.