
- 0
- 08.06.2026 16:33:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 8-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga ikki kunlik rasmiy davlat tashrifi bilan yetib keldi. Bu uning 2019-yildan beri Shimoliy Koreyaga qilgan birinchi tashrifidir.
Ta’kidlanishicha, tashrif Pekin va Pxenyan o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilish maqsadida amalga oshirilgan. Tomonlar ushbu uchrashuvda ikki davlat munosabatlari va mintaqadagi siyosiy vaziyat yuzasidan muzokaralar olib borishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In esa, oxirgi marta 2025-yil sentyabr oyida Xitoyga tashrif buyurgan edi. U Pekinda o‘tkazilgan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda ishtirok etgan.