
- 2
- 30.10.2026 15:01:00
- 1 daq o'qish
“X odamlar” filmlaridagi professor Charlz Ksavyer roli bilan mashhur bo‘lgan britaniyalik aktyor Patrik Styuart 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, aktyor 28-oktyabr kuni AQShning Los-Anjeles shahridagi uyida vafot etgan. Bu haqda uning oilasi va vakillari ma’lum qilgan.
Aktyorning o‘limidan avval unga Altsgeymer kasalligi va Levi tanachalari bilan bog‘liq demensiya tashxisi qo‘yilgan. Ushbu kasalliklar xotira, fikrlash va asab tizimi faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
1940-yilda Angliyada tug‘ilgan Patrik Styuart ijodiy faoliyatini teatr sahnasida boshlagan. U keyinchalik “Star Trek: Keyingi avlod” serialida kapitan Jan-Lyuk Pikar obrazini gavdalantirib, xalqaro miqyosda shuhrat qozongan.
Aktyor “X odamlar” filmlar turkumida professor Charlz Ksavyer, Devid Linch rejissyorligidagi “Dyuna” filmida esa Gurni Hallek rolini ijro etgan.
Styuartning so‘nggi yirik kino loyihalaridan biri “Qasoskorlar: Doktor Dum” (“Avengers: Doomsday”) filmi bo‘lgan.
60 yildan ortiq davom etgan ijodiy faoliyati davomida aktyor ko‘plab kino va televizion loyihalarda ishtirok etgan. 2010-yilda u dramaturgiya va aktyorlik san’atiga qo‘shgan hissasi uchun ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan.
Patrik Styuart jahon kino va teatr san’atining eng taniqli namoyandalaridan biri sifatida yodda qoladi.