
- 5
- 25.10.2025 11:03:00
- 1 daq o'qish
Yangi Zelandiyalik pivo ishlab chiqaruvchilar 12 millimetrli pivo “butilka”si yaratib, uni “dunyoning eng kichkina pivosi” deb e’lon qildi. Bu noodatiy pivo kichik bo‘lsa-da, haqiqiy pivo singari shisha idish, qopqoq va yorlig‘iga ega. Ishlab chiqaruvchi jamoa bu maxsus ichimlikni “dunyoning eng kichik alkogolli mahsuloti” deb atadi va uni laboratoriya sharoitida tayyorlaganini bildirdi. Kompaniya endi butun dunyo bo‘ylab muhandis va dizayn ixlosmandlari uchun qiziqarli tanlov o‘tkazmoqda: “Kim undan ham kichik pivo “butilka”si yasasa, 1 000 dollar mukofot oladi!” Bu noodatiy g‘oya ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.