• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

2024-yilning asosiy soʻzi

2024-yilning asosiy soʻzi
  • 6
  • 02.12.2024 15:24:00

2024-yilning asosiy soʻzi

Oksford lugʻati 2024-yilning asosiy soʻzini eʼlon qildi. Til boʻyicha mutaxassislar 2024-yil davomida shakllangan his-tuygʻular va suhbatlarni aks ettiruvchi oltita soʻzdan iborat roʻyxat tuzdilar. Ikki haftalik ommaviy ovoz berish va keng koʻlamli muhokamadan soʻng “brain rot” (“miya chirishi”) iborasi 2024-yilning asosiy soʻziga aylandi. 
Ushbu atama (“brain rot” — soʻzma-soʻz “miya chirishi”) inson aqliy yoki intellektual holatining, birinchi navbatda ahamiyatsiz deb hisoblangan yoki hech qanday kuch talab qilmaydigan materiallarni (hozirgi kunda, ayniqsa, saviyasi past onlayn kontent) haddan tashqari isteʼmol qilish oqibatida yomonlashuvini anglatib, ijtimoiy tarmoqlarning, ayniqsa, yoshlarga ta‘siri haqida jamoatchilikning tashvishi ortib borayotganini aks ettiradi.
Atama 37 mingdan ortiq odam ovoz berishi bilan tanlangan. 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News