
- 0
- 18.02.2026 14:54:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahri Yangihayot tumanida 2001-yilda tug‘ilgan ayol N.K. o‘z farzandini yettinchi qavat derazasidan chiqarib, videoga olgan va ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Hozirda ayol ruhiy holatini aniqlash maqsadida ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga yuborilgan. Bolaga zarar yetmagan, u ayolning qarindoshi nazoratiga topshirilgan. Mazkur holat bo‘yicha Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.