
- 0
- 10.10.2026 15:33:00
- 1 daq o'qish
Italiyaning Toskana viloyatida joylashgan vino zavodi omboridan qiymati 5 million yevroga teng 30 ming shisha vino o‘g‘irlab ketildi. Qayd etilishicha, o‘g‘irlik 4-oktyabrga o‘tar kechasi niqob taqqan yetti nafar erkak tomonidan amalga oshirilgan. Uar zavod signalizatsiyasini o‘chirib, vinolar solingan qutilarni ikkita yuk mashinasiga ortgan va voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.
O‘g‘irlangan bir shisha vinoning chakana narxi 150 yevrodan 500 yevrogacha baholanmoqda. Voqea kuzatuv kameralariga tushib qolgan bo‘lsada, gumonlanuvchilar hali qo‘lga olinmagan. Zavod bosh direktorining ta'kidlashicha, bunday katta miqdordagi mahsulotni e’tiborni tortmasdan sotish qiyin. Kompaniya vakillari esa hodisani Italiya tarixidagi eng yirik vino o‘g‘riliklaridan biri deb baholagan.