
- 0
- 28.08.2025 10:18:00
- 1 daq o'qish
Orol dengizi 1960-yillarda dunyodagi toʻrtinchi eng katta dengiz edi. Lekin insonning cheksiz “hosildorlik” ishtiyoqi tabiatni qurbon qildi – daryolar yoʻnalishi oʻzgartirildi, dengiz suvi tortildi. Bugun bu fojea ekologiyaga va aholining yashash tarziga kuchli tasir oʻtkazmoqda.
Qoraqalpogʻistonga avtosayohatlarni rivojlantirib, iqtisodiyotini yaxshilash maqsadida 20-avgust kuni Turizm qo‘mitasi tomonidan va SamAuto hamkorligida hamda Tegeta Motors ko‘magida tashkil etilgan “Orolga tashrif” xalqaro avtosayohat loyihasi amalga oshirildi.
8 kun davomida 70 dan ortiq ishtirokchilar 30 ga yaqin yo‘l tanlamas avtomobillarida Nukus, Mo‘ynoq, Orol bo‘yi hududi, Buxoro, Xiva va Navoiy viloyatlariga tashrif buyurib, mintaqaning turistik maskanlari, ekologik muammolari hamda mahalliy aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishdilar.